Starbucks Buyuk Britaniya bozorini tark etishi mumkin

Starbucks kofe tarmog‘i Britaniya aktivlarini sotish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Chunki kompaniya yangi operatorlar tomonidan kuchli raqobatga duch kelmoqda, deya xabar bermoqda The Times manbalarga tayangan holda.

Nashrning qayd etishicha, bunga Pret A Manger, Tim Hortons va Kosta zanjirlarining yuqori raqobati sabab bo'lgan.

Shuningdek, Starbucksning 2021-yilgi moliyaviy hisobotida qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada 1000 dan ortiq Starbucks qahvaxonalari mavjud, ularda 4000 ga yaqin kishi ishlaydi. Kompaniyaning mamlakatdagi umumiy daromadi 389 million dollarni tashkil qilgan.

Ma’lumot uchun: “Starbucks” brendi Amerikaning qahva tarqatuvchi kompaniyasi va xuddi shu nomdagi qahvaxonalar tarmog‘i hisoblanadi. U 1971-yili Siyetlda tashkil etilgan. 2020-yil holatiga ko‘ra, “Starbucks”ning dunyoning 75 ta davlatida 32 mingdan ortiq savdo nuqtalari bor.