Starlinkning yangi tarifi dunyoning istalgan nuqtasida ishlashi mumkinligi rostmi?

Starlink yangi “Global Rouming xizmati” tarifini sinovdan o'tkazmoqda. Sun'iy yo'ldosh aloqa xizmatining ayrim foydalanuvchilari qayd etishicha, tarif "dunyoning deyarli istalgan nuqtasidan" ulanish imkonini beradi.

Xizmat Starlinkning "sun'iy yo'ldoshlararo aloqalari yoki kosmik lazerlari" dan foydalanadi va "odatiy Starlink yuqori tezlikdagi, past kechikishli ulanishni qisqa vaqt oralig'ida zaif yoki aloqasiz ulanishni" ta'minlaydi. Kompaniya vaqt o'tishi bilan aloqa sifati va barqarorligi yaxshilanishini va'da qilmoqda.

Global rouming xizmatidan oylik foydalanish narxi 599 dollar turadigan uskunalar to'plamiga qo'shimcha ravishda 200 dollarni tashkil etadi. Starlink qanday qilib butun dunyo bo'ylab internetga ulanishni ta'minlay olishi aniq emas. Ma’lum qilinishicha, rasmiy ravishda, xizmat dunyoning 48 mamlakatida ishlashni boshlaydi.