Stipendiya va nafaqalar har oyning beshinchi sanasiga qadar beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan tegishli qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-maydan boshlab stipendiyalar har oyning 5-sanasiga qadar moliyalashtiriladi va talabalarga yetkaziladi.

Pensiya va nafaqalar bilan bir vaqtda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi.

Shuningdek, aholini bankomatlar bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida 2022-yilning 1-oktyabriga qadar xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelinib, ular hududlarda, shu jumladan, olis tumanlarda o‘rnatiladi.