Stiv Jobsga tegishli bo'lgan Macintosh kompyuteri auksionga qo'yildi

Texnik afsona Stiv Jobs tomonidan foydalanilgan Macintosh SE kompyuteri 25-oktabr kuni Bonhamning Fan va texnologiya tarixi auksioni doirasida Nyu-Yorkda kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. Ma’lumotlarga ko’ra, qurilmaning narxi 200 000 dan 300 000 dollargacha baholangan.