Stranja-2022: 5 nafar o'zbek bokschilari finalda

Ayni kunlarda Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida nufuzli "Stranja-2022" xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda. Musobaqa ertaga o'z yakuniga yetadi. Bugun chempionat doirasida dastlabki 10 ta vazn toifasida finallar o‘tkaziladi. Unda 5 nafar o‘zbekistonlik bokschi ham ringga ko‘tariladi.
Quyida O'zbekistonlik vakillar ishtirokidagi final janglari bilan tanishing:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov – Damir Abdikadir (Qozog‘iston),
-57 kg: Abdumalik Xalakov – Xavyer Dias (Bolgariya),
-63,5 kg: Mujibillo Tursunov – Yaroslav Xarsiz (Ukraina),
-80 kg: Odiljon Aslonov – Kristian Nikolov (Bolgariya),
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Radoslav Pantaleyev (Bolgariya).
Umumiy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari 6ta vazn toifasida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan.
+92 kg vaznli bokschi Lazizbek Mullajonov esa ertangi dasturda oltin medal uchun jang o‘tkazadi.






