Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega tashkilotlar soni 127 foizga ko‘paydi

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2022-yil 1-iyul holatiga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan jami 42 ta sug‘urta tashkiloti mavjud. (2019-yil 1-yarim yilligiga nisbatan 127 foizga o‘sgan). Shulardan, 34 tasi umumiy sug‘urta va 8 tasi hayotni sug‘urta qilish sohasida faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston sug‘urta bozori ko‘rsatkichlari ko‘ra, 2022-yil 1-yarim yilligida 7 milliondan ortiq sug‘urta shartnomasi tuzilgan bo‘lib, (2019-yil 1-yarim yilligiga nisbatan 106 foiz), ular bo‘yicha 2 milliard 771 million so‘m sug‘urta mukofotlari yig‘ilgan, bu ko‘rsatkich 2021-yilning mazkur davriga nisbatan 63,2 foizga oshgan (2019-yil 1-yarim yilligiga nisbatan 2,2 barobarga o‘sgan).






