Sukerbergdan yangi AI loyiha

Meta asoschisi Mark Sukerberg sun’iy intellektga doir bir qancha ulkan loyihalarni ommaga taqdim etdi. U ushbu sun’iy intellektni (AI) “Metaverse qulfini ochish kaliti” deb ta’riflamoqda.
Jonli efirda u AI xususiyatidan foydalangan holda o’zi yaratgan virtual dunyoni, jumladan orol, daraxtlar va plyajni namoyish qildi.
Bundan tashqari, u universal nutq tarjimonini yaratish niyatida ekanligini ham ta’kidlab o’tdi.
“Har kim bilan istalgan tilda muloqot qilish qobiliyati katta orzu bo’lib kelgan”, deydi Mark.
Ushbu virtual AI tizimi maxfiylikni saqlab, shaffof va mas'uliyatli bo'lishiga va'da qildi.
Facebook so‘nggi 10 yil davomida sun’iy intellektga asoslangan loyihaga sarmoya kiritib kelmoqda. Uning rahbari sifatida esa dunyoning yetakchi ekspertlaridan biri Yann LeKun faoliyat yuritadi.
Yanvar oyida Meta kompaniyasi yangi AI superkompyuterlar yaratganini e’lon qilgan edi. Bu boradagi ishlar 2022 - yil o'rtalarida tugallangach, ushbu kompyuterlar dunyodagi eng tezkor qurilma bo'lishi kutilmoqda.






