Sun’iy intelektni xavfli degan Mask ChatGPT raqobatchisiga asos soldi — OAV

Dunyoning eng boy tadbirkorlaridan hisoblangan Ilon Mask sun'iy intellekt sohasida OpenAI va ChatGPT raqobatchisi boʻlishi mumkin boʻlgan yangi kompaniyanini ro'yxatdan o'tkazdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

“Startap mart oyi boshida Nevada shtatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, “X.AI” deb nomlangan va Mask rahbar, Jared Birchall yordamchisi sifatida koʻrsatilgan”, deyiladi xabarda.

Milliarderning rejalaridan xabardor manbalarga koʻra, Ilon Mask allaqachon tadqiqotchilar va muhandislar jamoasini yig'ishni ham boshlab yuborgan.