Sunʼiy intellekt bolalarga oʻqish va yozishni oʻrgata boshlaydi — Bill Geyts

Yaqin 18 oy ichida sun’iy intellekt bolalarni o’qitish, yozish va ularning baholarini yaxshilashga yordam beradi. Bu haqda Microsoft asoschisi, milliarder Bill Geyts San-Diegodagi ASU + GSV sammitidagi chiqishida maʼlum qildi.
“Sun'iy intellekt har qanday inson kabi yaxshi o'qituvchi bo'lish qobiliyatiga ega bo'ladi. U aql bovar qilmaydigan darajada ravon o’qiydi va yozadi”, dedi u.
Bill Geytsning soʻzlariga koʻra, hozircha yozish ko'nikmalarini o'rgatish kompyuter uchun nihoyatda qiyin vazifa hisoblanadi. O'qituvchilar insholarni tekshirganda, voqeaning tuzilishi va tushunarliligi kabi jihatlarni inobatga oladi. Bu esa dasturchillar uchun kod yozishda mushkul vazifani tug'diradi.
“Agar siz keyingi 18 oyni olib qarasangiz, sunʼiy intelekt o'qituvchining yordamchisi sifatida paydo bo'ladi va sizning yozganlaringiz haqida fikr bildira boshlaydi”, deydi milliarder.






