Sun'iy intellekt - fermerlarga yordamchi

Bulutli osmon ostida yer yuzasi qanday ko'rinishini aniq tasvirlash maqsadida sun'iy intellekt (AI) yordamida maxsus texnika yaratildi.

Sun'iy yo'ldosh texnologiyasi yordamida ishlaydigan ushbu texnika fermerlarga o'z ekinlarini yaxshiroq boshqarishda yordam berish uchun qishloq xo'jaligi sektoriga mo'ljallangan.

Bulutli ob-havo dehqonlarga qayerda va qachon urug' ekish yoki o'g'it qo'llash kerakligini bilish uchun doimo to’sqinlik qilib kelgan.

“Aspia Space” texnologiyasi har qanday ob-havo sharoitida dalalarning aniq sintetik tasvirini yaratishi mumkin.

Bu algoritm 2 turli sun’iy yo’ldoshga tayangan holda ishlaydi.

Ulardan biri Yevropa Ittifoqining Sentinel-2 kosmik kemasi bo'lib, u yerni optik to'lqin uzunliklarida ko'radi.

Ammo Sentinel-1 sun’iy yo‘ldoshi esa yerni xaritalash uchun radardan foydalanadi. Uning mikroto'lqinli emissiyasi bulutlarni teshib kirish qobiliyatiga ega. Aniqroq qilib aytganda, Sentinel-1 hatto kechasi ham yer yuzasini aniq tasvirlay oladi.

P.S: Loyiha Buyuk Britaniya olimlari tomonidan ishlab chiqilmoqda.