Super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi

Vaksina olgan abituriyentlarga 10% chegirma berilishi belgilandi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi super kontraktning narxlarini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, o‘qishga kirishda 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 ball ololmagan, ammo qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022 oʻquv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllanilishi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgilandi.






