Surxondaryo viloyati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o'tkazildi

Habaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari S. Umurzakov boshchiligidagi hukumat komissiyasi vakillari Surhandaryo viloyatida bo'lib turishibdi. Tashrif doirasida mahalliy tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

Ushbu tadbir tadbirkorlar va eksportchilarning dolzarb muammolarini hal qilish, shuningdek, yangi tashabbus va takliflarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish, qo'shimcha qiymat zanjirlarini ko'paytirish va yuqori texnologiyali yangi turdagi mahsulotlarni o'zlashtirish hisobiga korxonalarni kengaytirish istiqbollari bevosita joylarda muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashning aniq amaliy choralari muhokama qilindi, biznes loyihalarni xayotga tadbiq etish, yangi istiqbolli biznes g'oyalarni amalga oshirish imkoni beradi. Bundan tashqari, O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan afg'on tadbirkorlarining muammolari va so'rovlari tinglandi.

Muloqotda viloyatdagi vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va tuman va shaharlar mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ham ishtirok etdi.