Surxondaryo viloyatida yangi dam olish maskani o'z eshiklarini ochmoqda

"Bright Uzbekistan" xalqaro loyihasi jamoasining Surxondaryo viloyatiga ishchi tashrifi doirasida Termiz shahridagi yangi "OXUS" turistik dam olish zonasiga sayohat uyushtirildi.


Termiz shahrining tumanlaridan birida, “Uchqizil’ suv ombori bo'yida, “OXUS” dam olish zonasi foydalanishga topshirildi. Dam olish zonasi mintaqada ham tashqi, ham mahalliy turizmni rivojlantirish uchun mo'ljallangan.


2017 yilda Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog'ida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev suv ombori bo'yida zamonaviy sanatoriylar va sog’lomlashtiruvchi dam olish maskanlarini yaratish bo'yicha ko'rsatmalar bergan edi. Shu munosabat bilan yangi markaz hududi rekonstruksiya qilindi va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi, shuningdek, yangi binolar bunyod etildi.


Dam olish maskanida aholi dam olishi va sog'lig'ini yaxshilashi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.