Surxondaryo viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan, Toʼra Аbdiyevich Bobolov boshqa ishga oʼtishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulugʼbek Berdiqobilovich Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.






