Surxondaryoda I-II asrlarga oid koʻza topildi

Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasiga Denov tumanida yashovchi fuqaro ariq qazish chog‘ida katta o‘lchamdagi sopol ko‘za topilgani haqida xabar berdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uni Termiz arxeologiya muzeyi va Termiz davlat universiteti tarixchilari to‘liq qazib olib, muzeyga olib kelishgan.
Dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, koʻza eramizning 1-2-asrlariga tegishli ekanligi aniqlangan. Olimlar tadqiqotlarini davom ettirmoqda.






