Surxondaryoda oltita yangi korxona ishga tushirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz tumani Yangiobod mahallasidagi “Termez National Carpets” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
Korxona yiliga 2,2 million kvadrat metr gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun Germaniya, Belgiya, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 150 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Mahsulotlarning qariyb yarmini eksport qilish rejalashtirilgan. Xomashyoning 80 foizi mahalliylashtirilgan. Korxona ishga tushirilgan qisqa vaqtda Ozarbayjon va Qirg‘iziston davlatlariga 255 ming dollarlik gilam va gilam mahsulotlari eksport qilindi. Joriy yilda 4 million dollarlik mahsulotni xorijlik buyurtmachilariga yetkazib berish mo‘ljallamoqda.
Muhimi, korxonada muqobil energiyadan foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirda tashqi va ichki yortish tizimi uchun quyosh panellaridan foydalanilmoqda.
Umuman, mazkur 6 ta korxona 2 mingta yangi ish o‘rni yaratadi, ularning faoliyati tufayli viloyat ishlab chiqarishiga 370 milliard so‘m, eksportiga 20 million dollar qo‘shiladi.
Davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosib, yangi korxonalarni ishga tushirdi.






