Suxbatulla - noyob tosh o'ymakori

Hozirgi davrda tosh, tosh o'ymakorligi bir necha ming yillikni tashkil etadigan eng qadimiy amaliy san'at turlaridan biri sanaladi. Ushbu san’at turning jozibasini qadimgi Misr ibodatxonalarining monumental haykallari, gliptikalar, rangli va qimmatbaho toshlar uyg’unligidagi miniatyura o'ymakorligida ko’rishingiz mumkin bo’ladi.
Suhbatulla Ubaydullayevni bolaligidanoq toshlar olami o’ziga jalb etgan. Uning otasi Sunatulla butun viloyatga mashhur tosh o‘ymakori bo‘lgan. Suxbatulla bir necha soat davomida otasining tosh ustida qanday "sehrgarlik qilganini" tomosha qilishi mumkin edi, u toshlarga tegishni va ularni silashni yaxshi ko'rardi. U shuningdek, o'zi yoqtirgan tosh o'ymakorligi mutaxassisligini egallashni orzu qilardi, shuning uchun ham u otasi o’rgatgan barch saboqlarni mukammal o’zlashtirtdi.
Yillar o‘tib, Suxbatulla Ubaydullayevning orzulari amalga oshdi. Ko‘rinib turibdiki, u tosh bilan ishlash saboqlarini to‘liq anglagan.
– Relyef, tosh barelyef, baland relyef, bezaklar, haykaltaroshlik, o‘simlik va hayvonot dunyosi tasvirlarini yaratish meni o‘ziga rom etadi, – deydi Suxbatulla Ubaydullayev.
Granit tabiiy va ishonchli materialdir: u gigienik, zararli moddalar chiqarmaydi va sog'liq uchun zararli emas deya.
O'zining noyob xususiyatlari tufayli granit ishonchli hisoblanadi u deformatsiyalanmaydi, sovuqqa chidamli, tozalash oson va har doim yangidak ko'rinadi!
Yoki marmar, u ajoyib! Marmar plitkalar, stol usti, deraza tokchalari, panellar uvhun juda bardoshli va jilovdor. Darhaqiqat, yunon tilidan tarjima qilingan marmar jilovdor, porloq degan ma'noni anglatadi.
Suxbatulla arxitektura elemenlarida ham devor bezaklari kabi dekorativ relyef buyumlarida muvaffaqiyatli ishlarni amalga oshira oladi.
Yosh tosh o'ymakorining shuhrati butun shaharga tanilgan. Poytaxtdagi turar-joy majmualari va taniqli do’konlar quruvchilari ham tosh o’ymakorligi borasida o’zgacha uslub va mahoratga ega bo’lgan o’ymakor san’atiga qiziqish bildiradilar.
Suxbatulla Ubaydullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini “Tashabbus – 2021” respublika ko‘rik-tanlovi laureati, Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan “Hunarmandlar – 2019” xalqaro festivali, “Art Bazaar” Respublika hunarmandlar ko‘rgazma-yarmarkasi ishtirokchisi sanaladi.






