Szinpin Xitoyning “Ukraina inqirozi” boʻyicha pozitsiyasini maʼlum qildi

Xitoyning Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha pozitsiyasi tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu haqda mamlakat rahbari Si Szinpin Fransiya yetakchisi Emmanuel Makron hamda Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
“Xitoy tomonlarni oqilona bo‘lishga va tinchlik muzokaralari uchun birgalikda shart-sharoit yaratishga chaqiradi”, dedi Szinpin.
XXR raisi uchrashuvda Pekin har doim o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda oʻz pozitsiyasini mustaqil belgilashini qoʻshimcha qildi.
Unga koʻra, hozirda ustuvor vazifa harbiy harakatlarni to‘xtatishga ko‘maklashish, urushni keskinlashtirish va muammolarning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblanadi.






