Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev taziya yo'lladi

Xitoy Xalq Respublikasining sobiq Raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga taʼziya yoʼlladi.
"Mamlakatlarimiz oʼrtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qoʼshgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi", deyiladi davlatimiz rahbarining maktubida.
Prezidentimiz Si Szinpinga hamda marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.






