Taʼlim – innovatsiya – ishlab chiqarish – servis yaxlit zanjiri tashkil etiladi

Prezident huzurida elektrotexnika sohasida yangi zaxiralarni safarbar qilish boʼyicha yigʼilish bo’lib o’tmoqda.
Ushbu tarmoqda yaratilgan shart-sharoitlar natijasida oʼtgan besh yilda:
465 million dollarlik investitsiyalar oʼzlashtirilib, 163 ta yangi loyiha ishga tushirilgani;
ishlab chiqarish hajmi 4 barobarga (4 trillion soʼmdan 17 trillion soʼmga), eksport esa 3 barobarga (190 million dollardan 565 million dollarga) oshgani;
tarmoqda ish oʼrinlari soni 2 barobarga oshib, 32 mingtaga yetgani taʼkidlandi.
“Lekin bu hali juda kam. Taraqqiyot dasturida 2026-yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oshirishni maqsad qilganmiz.
Kelgusi yillarda mis ishlab chiqarish hajmi 2 baravarga oshadi. Uni oʼzimizda chuqur qayta ishlab, raqobatdosh tayyor mahsulotlarni eksportga yoʼnaltirish zarur”, dedi Prezident.
Buning uchun “taʼlim – innovatsiya – ishlab chiqarish – servis” yaxlit zanjirini oʼz ichiga olgan sanoat klasteri tashkil etish shartligi koʼrsatib oʼtildi.






