Tabiiy gaz importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi

1-oktyabrdan boshlab tabiiy gaz importchilari bojxona bojlari to‘lashdan ozod etildi.
Prezident tegishli farmoniga ko‘ra, joriy yilning 1-oktyabridan boshlab O‘zbekiston hududiga tabiiy gazni import qiluvchi yuridik shaxslar bojxona bojlari to‘lashdan ozod etildi.
Shuningdek, farmonda qayd etilishicha, shu davrdan boshlab tabiiy gazni eksportga realizatsiya qilishda aktsiz soligʼi stavkasi nol foiz miqdorida belgilanadi.






