Tadbirkor ayol, siyosatсhi va mehribon ona - Muxlisaxon Akramova bilan suxbat

Bright Uzbekistan jamoasi yurtimiz siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ravnaqi uchun hissa qo'shayotgan qahramonlarni topishda davom etmoqda va bu safargi mehmonimiz "O'ZIMIZNIKI", "Luxe trans Capital" hamda "US-LLC" kompaniyalari asoschisi hamda hamraisi Muxlisaxon Akramova bo'ldilar.
Suhbat davomida oxirgi besh yil ichida tadbirkorlar manfaatlarini belgilovchi ko'plab qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi, amalda esa infratuzilmalar doirasida, bank sohasida hamda davlat idoralarining tadbirkorlarga bo'lgan munosabatlarida bir qator ijobiy o'zgarishlar ro'y bergani hususida so'z bordi. Bu kabi o'zgarishlar, albatta, biznes vakillari, jumladan ayol ishbilarmonlar uchun katta shijoat berishi xususida so'zlab o'tdilar.
Tez orada intervyuning to'liq shaklini bizning sahifalar orqali tomosha qilishingiz mumkin bo'ladi. Bizni kuzatishda davom eting!






