«Tadbirkor ayollar uchun mentoring dasturi»ga start berildi

Joriy yilning 27-iyul kuni, O'zbekistonda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan biznesni boshqarayotgan ayollarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan "Tadbirkor ayollar uchun mentoring dasturi”ga start berildi.
Dastur operatori Smartgov Consulting byurosi hisoblanib, tashabbus YETTB "Kichik biznes uchun maslahatlar" dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ikkinchi loyiha xo'jalik yurituvchi subyektlarni potensial daromad keltiruvchi mikro, kichik va o'rta korxonalarga aylantirish orqali iqtisodiy islohotlar jarayonini qo'llab-quvvatlaydi, hamda, biznes-maslahat xizmatlari infratuzilmasining barqaror ishlashiga yordam beradi.
Dasturda mentor (ustoz) yoki menti (shogird) sifatida ishtirok etish mumkin. Dasturning birinchi bosqichida faqat Toshkentdan arizalar qabul qilingan.






