Tadbirkor va aholi ishlab chiqargan elektr energiyasi davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi

Prezidentimiz elektr ishlab chiqarishda davlat monopoliyasidan ketib, raqobatli muhit joriy qilish zarurligini taʼkidladi.
Jumladan, panel oʼrnatgan tadbirkorlar ishlab chiqargan elektrni davlat kafolatli sotib oladi. Keyingi yildan esa boshqa isteʼmolchilarga ham sotishi mumkin boʼladi.
Аholi oʼz xonadonida panel oʼrnatsa, ehtiyojidan ortiq tarmoqqa sotgan elektr energiyasining har bir kilovati 1 ming soʼmdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 soʼm).
Har oyda hisob-kitob qilib, mablagʼlar xonadon egasining plastik kartasiga oʼtkazib beriladi.






