«Tadbirkor virtual ofisi» tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi.
Farmonga muvofiq, “Tadbirkor virtual ofisi” tashkil etilib, unda tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini hal etish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari, hamda, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tematik onlayn muhokamalar va so‘rovlar o‘tkazish orqali tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar shakllantirish mumkin bo‘ladi.
Tadbirkorlik subyektlariga zarur xizmatlarni, shu jumladan litsenziyalar va ruxsatnomalar, kreditlar, subsidiyalar, kompensatsiya va kafolat olish, soliq hamda bojxona ma'muriyatchiligini amalga oshirish imkonini beradigan axborot tizimlariga ulanish ham tadbirkorlik subyektlari uchun yangi Portal imkoniyatidir.






