Tadbirkorlar bilan uchrashuvda charm-poyabzal sanoatini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati tomonidan charm-poyabzal sanoati ishlab chiqaruvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuvda charm-poyabzal sanoatini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari va istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari charm xom ashyosini tayyorlash va qayta ishlash texnologik jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.






