Tadbirkorlar davlat ro'yxatidan o'tkazish bilan bir vaqtning o'zida birja tizimida akkreditasiyalanadi

“Iqtisodiyot tarmoqlarida birja mexanizmlaridan foydalanishni kengaytirish hamda birja savdolarini tartibga solish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra:
tadbirkorlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yishda ularni bir vaqtning o'zida birja tizimida akkreditasiyadan o'tkazish tartibi joriy etiladi;
xorijiy yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun majburiy tartibda elektron raqamli imzo olish talabi bekor qilinadi;
tadbirkorlarning yuqori likvidli va monopol bo'lmagan mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish uchun istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etiladi;
tadbirkorlarga, o'z xohishiga ko'ra, birjadan tashqari tuzilgan shartnomalar bo'yicha birjaning hisob-kitob-kliring tizimi orqali kafolatli hisob-kitob xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
mahsulotlarni “forvard” bitimlari asosida sotish tartibi birja savdolari orqali tuziladigan eksport-import shartnomalariga nisbatan ham qo'llaniladi.






