Tadbirkorlar faoliytiga aralashish mumkin emas

Davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonunchilikka muvofiq amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.

Shuningdek, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining oʻzga qonuniy faoliyatiga aralashish yoki bunday faoliyatni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.

Bundan tashqari, tadbirkorlarni homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.