Tаdbirkorlаr: Iqtisodiyotimiz tаyanchi, islohotlаrimiz lokomotivi, oʼsish nuqtаsi drаyveri

Joriy yilning 10-avgust kuni Poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi binosida Xalqaro press-klub tomonidan “Tаdbirkorlаr: Iqtisodiyotimiz tаyanchi, islohotlаrimiz lokomotivi, oʼsish nuqtаsi drаyveri” mavzuida ochiq muloqot shaklidagi sayyor sessiya o’tkazildi.
Mazkur sessiyada, Savdo sanoat palatasi, Biznes ombudsman, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qoʼmitasi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish davlat qoʼmitasi, Bojxona qoʼmitasi, Bosh prokuratura, Transport vazirligi, Energetika vazirligi, tadbirkorlar, ekspertlar hamda Xalqaro Press-klub aʼzolari ishtirok etdilar.
Sessiya doirasida, vazirlik va qo’mita vakillari mazkur sessiyaning ahamaiyati, maqsadi va muhokama qilinishi ko’zda tutilgan masalalarga to’xtalib, qisqacha ma’lumot berib o’tdilar. Ta’kidlash joizki, ushbu uchrashuvda tadbirkorlar bilan qizg’in suhbat o’tkazilib, unda biznes vakillarining muammolari, taklif va talablari o’rganilib, kelgusidagi rejalar va har bir muammoning yechimi yuzasidan muzokaralar o’tkazildi.






