Tadbirkorlar uchun soliq maʼmurchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtiriladi

Prezident 2022-yil 1-iyundan tadbirkorlar uchun soliq maʼmurchiligi va tekshirishlar tizimi soddalashtirilishini eʼlon qildi. Mol-mulk soligʼini hisoblash tizimi bozor tamoyillariga oʼtkazilganini inobatga olib, qoʼshimcha yuqori soliq stavkalarini qoʼllash tartibi bekor qilinadi.
Shuningdek, aylanmasi 1 milliard soʼmdan oshgan tadbirkorlarga qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchisi guvohnomasi dastlabki oʼrganishsiz, avtomatik tarzda beriladi.
Joriy yilda tadbirkorlarning faoliyatida oʼtkazilgan tekshiruvlar soni 1,7 barobarga oshib, 86 mingtani tashkil etdi. Bu tadbirkorlar tomonidan koʼplab eʼtirozlarga sabab boʼlmoqda.
Shu sababli, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni oldini olish uchun, endi 22 ta turdagi tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi (hozirgi kunda 159 turdagi tekshiruvdan 119 tasiga ruxsat olinadi).
Bundan tashqari, yuqori xavf darajasi mavjud boʼlgan tadbirkorlarga qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼlovchisi guvohnomasini toʼxtatib qoʼyishdan oldin xabardor etish tartibi joriy etiladi.






