Tadbirkorlar va aholiga ko’rsatilgan davlat xizmatlari statistikasi

O’zbekistonda so’ngi 9 oy davomida aholi va tadbirkorlarga 8,5 mln.dan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatildi.
Eng ko’p quyidagi davlat xizmatlaridan foydalanilgan:
- elektron raqamli imzo berish(2 mlndan ortiq);
- bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish(1,2 mlndan ortiq);
- kadastr pasportini shakllantirish hamda ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish(930 mingdan ortiq);
- nafaqa tayinlash(360 mingdan ortiq)
- sudlanmaganlik yoki sudlanganlik to'g'risida ma'lumotni berish(340 mingdan ortiq).
Ma’lumot uchun, ko’rsatilgan davlat xizmatlarining 7,3 mln.dan ortig’ini davlat xizmatlari markazi ko’rsatgan bo’lsa, qolgan qismi esa Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali online amalga oshirilgan.






