Tadbirkorlar va prezident o'rtasida ochiq muloqotga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

4-avgust kuni SSPda tadbirkorlar va prezident o'rtasidagi ochiq muloqot doirasida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov va 20 ga yaqin tadbirkor ishtirok etdi.

Bu davra suhbatining asosiy maqsadi - tadbirkorlarni ochiq muloqotga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishtirish, shuningdek, tadbirkorlarning ayrim murojaatlarini ko'rib chiqish.

Xususan, mamlakatimizda ochiq muloqotni tashkil etish maqsadida Respublika shtabi tuzildi va mazkur muassasa 24/7 rejimda faoliyat yuritmoqda. Mazkur muassasada har bir vazirlik va idoralardan 3 nafar mutaxassis ishlaydi.

Shuningdek, Respublika shtabida 7 ta kichik guruh, shuningdek "Prezidentga taklif" dasturi tuzildi.