Tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan 3735 ta loyihaga 1 trillion 300 milliard so‘mlik moliyaviy yordam ko‘rsatildi.

Davlat jamg‘armasi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlangan ushbu loyihalarni amalga oshirish natijasida 29 ming 528 yangi ish o‘rni yaratiladi. Qishloq xo‘jaligida ularning soni 7286 tani, sanoatda 8882 tani tashkil etib, xizmat ko‘rsatish sohasida 6796 ta ish o‘rni yaratiladi.