Tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarga 33 million so’mgacha kreditlar ajratiladi

Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun "Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi" hisobidan 3 yilgacha va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Kreditlar quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli tugatgan xotin-qizlarga beriladi:

• Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi ma’qullangan dasturlar asosidagi o‘quv kurslari;

• “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga o‘qitish maskanlari va Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat ta’lim muassasalarining kasbga o‘rgatish o‘quv kurslarining maxsus o‘qitish dasturlari.