Tailand mamlakatga kiruvchilar uchun vaksinatsiya talabini qaytardi

Ma’lum qilinishicha, 9-yanvardan boshlab Tailandga kelgan 18 yoshdan oshgan barcha yoʻlovchilar kamida ikki dozali koronavirusga qarshi emlanganlik sertifikatini taqdim etishi shart deb belgilandi.
Qayd etilishicha, vaksinaning ikkinchi komponenti mamlakatga kirishdan kamida 14 kun oldin olinishi kerak. Bundan tashqari, yoʻlovchilarning 5 foizi yetib kelganida tanlab PZR testidan oʻtadi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, emlanmagan yoʻlovchilar shifokorning asosli xati yoki oxirgi olti oydan kechiktirmay (180 kun) olingan koronavirusdan tuzalganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomaga ega boʻlishi kerak.






