Tailand poytaxti Bangkok shahrining rasmiy nomi o‘zgardi

Tailand hukumati Bangkokning rasmiy nomini xorijiy tillarda yozishga qulay ko‘rinishda o‘zgartirishga qaror qildi. Endi shahar Krung Thep Maha Nakhon deb nomlanadi (Tailand tilidan «Farishtalar shahri, buyuk poytaxt» deb tarjima qilingan).

Bu haqda so‘z va nomlarni yozish standartlarini ishlab chiqish, joriy etish va o‘zgartirishga mas’ul bo‘lgan Tailand Qirollik ilmiy kengashi bayonotida aytildi.

Agar yangi nom maxsus qo‘mita tomonidan tasdiqlansa, poytaxtning rasmiy nomi Krung Thep Maha Nakhon barcha hujjatlarda, jumladan, chet tillarida ham qayd etiladi, Bangkok esa shaharning norasmiy nomi sifatida qoladi.

Tailandda poytaxt har doim Krung Thep Maha Nakhon deb nomlangan, ammo bu shakl ham qisqartirilgan. Shaharning to‘liq nomi 40 dan ortiq individual elementlardan iborat bo‘lib, dunyodagi eng uzun poytaxt nomi hisoblanadi.

Avvalroq Tailand Vazirlar Mahkamasi hududlar, mamlakatlar, poytaxtlar va ma’muriy zonalar nomlarini yangilash loyihasini ma’qullagan edi. Chet tillardagi poytaxt nomlarini asl tildagi nomlarning tovushiga moslashtirish to‘g‘risidagi qaror bir qator davlatlar, jumladan Xitoy tomonidan ham qabul qilingan va Pekinning inglizcha nomini Beijing’ga o‘zgartirgan.