Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida harorat 16º C dan past bo‘lmasligi kerak

Sanitariya-epidemiologiya xizmati xabariga ko'ra, ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21gradus, o‘rtacha og‘ir ishda 17 gradus va og‘ir ishda 16 gradusdan past bo‘lmasligi kerak.

Ma'lum qilinishicha, fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18 gradus – 21 gradus, havoning namligi 40 – 60 foiz bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ta’lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.