Tanzila Narbaeva BMT Bosh assambleyasi raisi bilan uchrashuv o'tkazdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir bilan uchrashdi.

Uchrashuvda davlatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati, nogironlar huquqlarini himoya qilish konvensiyasining ijrosi, gender tenglikni ta’minlash masalasi muhokama qilinib, bu yo‘nalishda erishilgan yutuqlar, jumladan O‘zbekistonda 2030 yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlangani qayd etildi.

Tomonlar hamkorlik va o'zaro aloqalarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.