Tanzila Narbaeva: Huquqbuzarliklarning oldini olishga nafaqat Ichki ishlar, balki mas’ul ko‘plab tashkilotlar jonbozlik ko‘rsatsin

Bugun Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Senat Raisi Ichki Ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi axborotiga o‘z munosabatini bildirdi.
–Huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish borasida ishlar “mahallabay” va namunaviy tajribalar asosida olib borilayotgani o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Buni mahallalarning qariyb yarmida jinoyat sodir etilmagani misolida ham ko‘rish mumkin. Bu hali mamlakatimiz tarixida ham bo‘lmagan edi. Hozir aholining huquqiy madaniyati va daromadi oshib borayotgani, tizim tashkilotlarining sa’y-harakatlari tufayli ijobiy natijalarga erishilmoqda. Lekin talabimiz hamma mahallalarda ham jinoyat bo‘lmasin, - dedi Tanzila Narbaeva.
Tanzila Narbaevaning so‘zlariga ko‘ra, huquqbuzarliklarning oldini olishga faqat Ichki ishlar emas, balki Sog‘likni saqlash, mahalla vazirliklari, mas’ul ko‘plab tashkilotlar jonbozlik ko‘rsatsin.






