Tanzila Narbaeva Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi

2021 yil 9 iyulda Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbayeva Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi O. Malginovni qabul qildi.
O.Malginov Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlayotgan demokratik islohotlar va o‘zgarishlarni, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi jadal surʼtlarda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni yana-da mustahkamlash, shuningdek, xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.






