Tapil Mahamadziyayev Toshkentning Bektemir tumanini yangi hokimi bo'lib tayinlandi

Bugun, 2021 yil 15-iyun kuni Toshkent shahar hokimligida Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashining navbatdan tashqari 39-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya davomida hozirgacha Favqulodda vaziyatlar vazirligining bo'limlaridan birini boshqargan Tapil Mahamadziyayev poytaxtning Bektemir tumani hokimi etib tayinlandi.

Ta'kidlash joizki, Tapil Mahamadziyayev shu yil fevral oyida ushbu lavozimda ishlagan Saidjamol Sultonov o'rnini egalladi.