Taraqqiyot faqatgina jasoratli mehnat orqali bo’ladi – Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boshlandi. Przidentimiz o’z nutqi avvalida joriy yilda O’zbekiston aholisi 36 milliondan oshganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar izlanishlar natijasi ekanini qayd etdi.

Prezidentimizning so'zlariga ko'ra, yakuniga yetayotgan yil hukumat uchun ham xalq uchun ham sinovli kechdi.

Albatta, ta’kidlashimiz mumkinki, ushbu sinovli jarayonlarda mashaqqatli mehnat mamlakat rivoji uchun ulkan hissa qo’shadi.

“Taraqqiyot faqatgina jasoratli mehnat orqali bo’ladi” - deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.

Bundan tashqari davlatimiz rahabri o’z nutqida statistik raqamlarga ham to’xtalib o’tdi.

Jumladan joriy yilda:

    YAIM 80 mlrd dollardan oshdi;
    Xorijiy investitsiyalar 8 mlrd dollarga tenglashdi;
    Eksport qiymati 19 mlrdni qayd etdi.