Taraqqiyot strategiyasida 7 ta ustuvor yoʼnalish boʼyicha “Inson qadri uchun 100 ta maqsad” belgilab olindi

Ushbu maqsadlarga erishish uchun joriy yilning oʼzida umumiy qiymati 55 trillion soʼm va 11,7 milliard dollarlik 398 ta chora-tadbirni amalga oshirish koʼzda tutilmoqda.
"Barcha saʼy-harakatlarimiz, ajratilayotgan mablagʼlar mahalla va xonadonlargacha aniq yetib borishi va har bir oila farovonligini oshirishga xizmat qilishi shart.
Buning uchun respublika, viloyat, tuman va shahar hamda mahalla darajasidagi barcha rahbarlar bor kuch va resurslarini toʼliq safarbar qilishlari zarur", dedi Prezident Shavkat Mirziyoev.






