Tarixdagi eng ko'p sotilgan 20 ta telefon

“Mydrivers” sayti tomonidan tarixdagi eng koʻp sotilgan 20 ta mobil telefonlar reytingi eʼlon qilindi. Eng yaxshi modellarning aksariyati Nokia kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Nokia 1100 eng yuqori savdo hajmiga ega bo'lib, u 250 million dona sotilgan. Ikkinchi o'rinni Nokia 1110 egalladi, u o'z vaqtida 248 million dona sotilgan.
Uchinchi o‘rinni 224 million dona sotilgan iPhone 6 egalladi. To‘rtinchi o‘rinda esa, 200 million dona telefon bilan Nokia 105 qayd etilgan. 200 million donadan ortiq sotilgan iPhone 6S beshinchi o‘rinni egallagan.
Kuchli o‘nlikka iPhone 7 va iPhone 11 kirgan, ular mos ravishda 161 million va 160 million telefon bilan sakkizinchi va to‘qqizinchi o‘rinlarni egallagan. 147 million bilan iPhone 5 14-o'rinda. iPhone 8 125 million dona bilan so‘nggi 20-o‘rinni band etgan.
Boshqa kompaniyalarning yagona telefonlari Samsung E1100 va Moto V3 bo'lib, ular mos ravishda 13 va 16-o'rinlarda ko’rsatilgan.






