Tarixiy sammitning muvaffaqiyatli yakunlanishi

ShHT Samarqand sammiti nihoyasiga yetdi, bu tadbir nafaqat ishtirokchilar, balki ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ham samarali bo'ldi.

Bright Uzbekistan loyihasi jamoasi sammit bilan bog'liq ishonchli ma'lumotlarni o'quvchilarga tez va ma'lumotga boy qilib yetkazishga harakat qildi.

Sammitni muvaffaqiyatli o'tishida bir qator vakolatli shaxslar, Vazirlar va tegishli idoralar rahbarlari ham munosib hissa qo'shdilar. Ular orasida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov va Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo'ja ham bor.