Tashabbusli budjet: 2-mavsum doirasida ovoz berish jarayonlari boshlandi

Joriy mavsumda ilgari suriladigan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida respublika bo‘ylab qariyb 1 trillion 62 mlrd so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, “Ochiq budjet” portalida ovoz berish jarayoni allaqachon boshlangan, ro‘yxatdan o‘tgan har bir foydalanuvchi “Humans” abonentlaridan tashqari o‘z telefon raqamlari orqali ovoz berishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, tashabbuskor budjetlashtirishning ikkinchi mavsumi 15-iyulda boshlangan boʻlib, uning doirasida fuqarolar infratuzilma, yoʻllar, maktablar va boshqa obyektlarni yaxshilash boʻyicha loyihalarni taklif etish orqali mahalliy budjetning bir qismini taqsimlashda ishtirok etishlari mumkin.

Moliya vazirligining maʼlum qilishicha, ikkinchi mavsum boshlanishidan avval “Ochiq budjet” portalida texnik ishlar olib borildi, loyihalarni ilgari surish va ovoz berish jarayonlari takomillashtirildi, jarayonning shaffofligi va ishonchliligini taʼminlash maqsadida qoʻshimcha funksiyalar joriy etildi.

P.S Ovoz berish jaryonlari 12-sentabrgacha, Qoraqalpog‘istonda esa 24-sentabrdan 14-oktabrgacha davom etadi.