“Tashabbusli budjet”da 2 mingdan ortiq ovoz to’plagan barcha loyihaga mablag'lar ajratiladi

“Tuman va shahar budjetlari mablag'larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo'naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yanada qo'llab-quvvatlash to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlarida har biri 2 mingdan ortiq ovoz to'plagan, lekin g'olib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qo'shimcha ravishda 85,4 milliard so'm mablag' ajratiladi.

Qarorga ko'ra, hokimlar har oyda OAV vakillari ishtirokida tashabbusli budjet tadbirlari moliyalashtirilishi va bajarilishi to'g'risidagi hisobotlarni jamoatchilikka e'lon qilib boradi.

Ma'lumot uchun, 2022-yilning birinchi choragida o'tkazilgan tashabbusli budjetlashtirish jarayoni natijalari bo'yicha fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 2 215 ta loyiha g'olib deb topilib, loyihalarni amalga oshirish uchun 1,1 trillion so'm mablag' ajratilishi e'lon qilingan edi.