“Tashabbusli budjet”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi

“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 1-mavsumi yakunlandi. Unda O‘zbekiston bo‘ylab “OpenBudjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berildi.
Ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 1666 ta loyiha g‘olib deb topildi.
Ro‘yxat quyidagi ssilka orqali kirib, tanishishingiz mumkin:
O`zbekiston Respublikasi "Ochiq Budget" Portali
Eslatib oʻtamiz, loyihaning birinchi mavsumiga 18 mart kuni start berilgan edi. Mavsum gʻoliblariga 1,7 trln so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.






