Tashkent Fashion & Textile: Go’zallik shaydolari bir manzilda

Joriy yilning 2-fevral kuni moda va go'zallik ihlosmantlarini bir manzilga to'plagan “Tashkent Fashion & Textile” xalqaro moda ko‘rgazmasiga start berildi.

Ko'rgazmaga poytaxtimizdagi "O’zekspomarkaz” maydonchasi mezbonlik qilmoqda.

4000 dan ortiq mehmon va 100 dan ortiq ichtirokchini qamrab oladigan ko'rgazma 4-fevralga qadar davom etadi.

O'zbekistonning ham ulgurji, ham chakana bozorlarida yagona ixtisoslashtirilgan tadbir sifatida namoyon bo’layotgan ko’rgazma doirasida taniqli stilistlar, biznes vakillari va SMM sohasi mutaxassislari tomonidan “master-klaslar” o’tkazilib, B2B formatidagi uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

“Tashkent Fashion & Textile” ko‘rgazmasining ilk kunida O‘zbekiston, Turkiya va Xitoyning taniqli moda brendlari o’z liboslarini namoyish etdilar. Kun davomida, xorijiy va milliy kompaniyalar vakillari B2B formatdagi muzokaralar o’tkazdilar. Shuningdek, pavilionlarda o’z mahsulotlarini namoyish etdilar.