Toshkent ot sporti bo‘yicha Jahon kubogi-2022 YevroOsiyo saralash bosqichiga mezbonlik qiladi

Toshkent shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha YevroOsiyo mintaqalararo Jahon kubogi-2022 saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada dunyoning 22 mamlakatidan sportchilar ishtirok etadi.

Joriy yilning 20-23-aprel kunlari “UNIVERSAL JUMPING” ot sporti klubida o‘tkaziladigan nufuzli musobaqada jahonning 22 mamlakatidan sportchilar qatnashadi. Mazkur chempionat o‘zbekistonlik chavandozlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Barcha bosqichlarda yetarlicha ochko to‘play olgan sportchilar Daniya davlatida bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Ushbu musobaqada ochko to’play olgan chavandozlar, shuningdek, 2022-yilning sentabr oyida Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tadigan Millatlar kubogida ham qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Turnir Xalqaro hamda Osiyo ot sporti federatsiyalari sha’feligida o‘tkaziladi.